Kamola Xarris nomzodi vitse-prezidentlikka tasdiqlandi

Olam

image

Amerika Qo‘shma Shtatlarining Demokratlar partiyasi kecha, 19 avgust kuni kaliforniyalik senator Kamola Xarrisni noyabrdagi saylovlarda mamlakat vitse-prezidentligiga nomzod sifatida tasdiqladi. Ushbu qaror Miluoki (Viskonsin) shahrida bo‘lib o‘tgan milliy anjumanda qabul qilindi. 

Missisipi shtati kongressmeni Benni Tompson, Xarrisning o‘rnini bosuvchi boshqa nomzod yo‘qligini aytdi. "Men Kamola Xarris Demokratlar tomonidan vitse-prezidentlikka nomzod sifatida tanlanganini e’lon qilaman", deydi u. 

Xarris Tompsondan keyin so‘z olib, lavozimga nomzod bo‘lishga rozi ekanini aytdi. 

Xarris kongress qatnashchilariga onasi – 1960 yilda AQSHga Hindistondan ko‘chib kelgan Shayamali Gopalan va otasi – 1961 yilda Yamaykadan Qo‘shma Shtatlarga kelgan Donald Xarris haqida qisqacha gapirib bergan. 

"Onam menga odamlarga xizmat qilish hayot mazmuni va asosiy maqsadim bo‘lishini o‘rgatdi",  dedi Xarris. U bugun sizning turib shu so‘zlarni aytaman deb tasavvur ham qilmagan edi:  "Men AQSH vitse-prezidentligiga nomzod bo‘lishga roziman".

Xarrisning so‘zlariga ko‘ra, u onasi singdirgan qadriyatlarga amal qiladi. 

"Biz o‘zgarishni, yaxshilanishni olib keladigan va eng og‘ir ishni bajaradigan prezidentni tanlashimiz kerak. Biz hammamiz orzu qilgan kelajakka erishish uchun qora tanlilar, oqlar, ispanlar, osiyoliklar va tub aholini birlashtiradigan prezidentni tanlashimiz kerak. Biz Jo Baydenni tanlashimiz kerak", deydi Xarris.  

Joriy yilning 18 avgust kuni AQSHda Demokratlar partiyasidan prezidentlikka nomzod sifatida tasdiqlangan Jozef Bayden 11 avgust kuni Xarrisni o‘z nomzodi sifatida tanlaganini e’lon qilgan edi. U ilgari Baydenning Demokratlar partiyasidan prezidentlikka nomzodlik uchun raqibi edi. 2019 yil dekabr oyida Xarris musobaqadan ketishini e’lon qildi. Keyinchalik senator Baydenni qo‘llab-quvvatladi. Senator bir necha bor o‘zini saylov kampaniyasi ishtirokchilari orasida "yagona qora" deb atagan. Uning onasi Hindistondan, otasi esa AQSHga Yamaykadan kelgan. Bu AQSH tarixida birinchi marta oq tanli bo‘lmagan ayol vitse-prezident bo‘lishi mumkin degani. 


Maqola muallifi

Teglar

Kamola Xarris

Baholaganlar

68

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing