Bayden o‘g‘lini afv etmaslikka va’da berdi

Olam

image

AQSH yetakchisi Jo Bayden prezidentlik vakolatlaridan foydalanib, o‘g‘li Xanter Baydenni afv etish niyatida emasligini aytdi. Bu haqda u kecha, 13 iyun kuni G7 sammitidagi matbuot anjumanida ma’lum qildi.

“Men o‘g‘lim bilan juda faxrlanaman. U giyohvandlikni yengdi. U men biladigan eng yorqin va sharafli odamlardan biri. Men hakamlar hay’ati qaroriga bo‘ysunaman va uni afv etish niyatida emasman", deydi Bayden.

Ma’lumot uchun, 11 iyun kuni hakamlar hay’ati Xanter Baydenni uchta qurol sotib olish qoidasining buzilishida aybdor deb topdi. Hujjatga ko‘ra, u Colt Cobra 38SPL revolverini sotib olayotganda giyohvand moddalarni iste’mol qilmaslik haqida yolg‘on gapirgan. AQSH Prezidentining o‘g‘li 25 yilgacha qamoq jazosi va 750 ming dollargacha jarimaga tortilishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Jo Bayden Xanter Bayden

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing