Bayden Tramp bilan suhbatlashishni orziqib kutmoqda

Olam

image

AQSHdagi prezidentlik saylovlariga Demokratik partiyadan nomzod Jo Bayden Amerikaning amaldagi Prezidenti Donald Tramp bilan gaplashmoqchi ekanligini aytdi. Bu haqda ABC News xabar bergan.

Jurnalistlar Baydendan saylovdagi mag‘lubiyatini tan olishdan bosh tortayotgan Trampga qanday gaplari borligini so‘rashgan.

"Janob Prezident, men siz bilan suhbatlashishni orziqib kutmoqdaman", deya javob qaytargan Bayden.

Avvalroq, Donald Trampning qizi Ivanka Tramp otasini prezidentlik saylovlaridagi mag‘lubiyatini tan olishga chaqirayotgani haqida xabar bergandik. 

Trampning turmush o‘rtog‘i Melaniya Tramp esa erining vakolat muddati tugashi bilan ajrashishga ariza bermoqchiligi ma’lum bo‘lgandi. 

Ma’lumot uchun, AQSHda 3 noyabr kuni prezidentlik saylovlari bo‘lib o‘tdi. Davlat rahbari lavozimiga asosiy da’vogarlar demokrat Jo Bayden va amaldagi Prezident, respublikachi Donald Tramp.

7 noyabr kuni Amerikaning yetakchi ommaviy axborot vositalari ABC News, CNN, AP va NBC saylovlarda demokrat Jo Bayden g‘alaba qozonganini e’lon qildi. Natijalar hali rasman e’lon qilinmagan.


Maqola muallifi

Teglar

BAYDEN TRAMP

Baholaganlar

262

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing