Bayden Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritdi
Olam
−
24 fevral 2024 5638 1 daqiqa
AQSH Prezidenti Jo Bayden Rossiyaga qarshi 500 dan ortiq yangi sanksiyalar qo‘llash qarorini e’lon qildi. Bu haqda Oq uy matbuot xizmati xabar berdi.
AQSH Prezidenti Navalniyning o‘limi va Rossiya-Ukraina urushining ikki yilligi munosabati bilan Rossiyaga qarshi 500 dan ortiq yangi sanksiyalar qo‘llanilishini aytdi.
Bayden mazkur sanksiyalar Rossiyaning moliya va mudofaa sohalari bilan bir qatorda, Navalniyning qamoqqa olinishi bilan bog‘liq odamlarni ham nishonga olishini ta’kidlagan.
“Sanksiyalar Putinni xorijdagi tajovuzkorligi va mamlakat ichkarisida repressiyalari uchun yanada og‘irroq tovon to‘lashga majbur qiladi” deyiladi bayonotda.
Sanksiyalardan tashqari, Bayden 100 ga yaqin tashkilotga Rossiyani bilvosita qo‘llab-quvvatlagani uchun yangi eksport cheklovlari kiritilganini ma’lum qildi.
Eslatib o‘tamiz, 16 fevral kuni Rossiya hukumati muxolifatchi Aleksey Navalniy qamoqda vafot etganini e’lon qilgandi. Shundan so‘ng bir qator dunyo siyosatchilari, jumladan AQSH Prezidenti Jo Bayden ham Navalniyning o‘limi uchun Putinni aybladi. 22 fevral kuni Bayden Navalniyning bevasi va qizi Yuliya va Dasha Navalnayalar bilan uchrashdi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr