Bayden Putindan rossiyalik xakerlarga qarshi chora ko‘rishni so‘radi 

Olam

image

Rossiya va AQSH Prezidentlari Vladimir Putin hamda Jo Bayden kecha, 9 iyul kuni telefon orqali suhbatlashdi. Bu haqda Oq uy xabar bergan.  

“Rahbarlar Suriyaga transchegaraviy gumanitar yordamni qayta boshlash to‘g‘risida yakdil qarorga kelgan Rossiya-Amerika sammitidan so‘ng o‘z jamoalarining birgalikdagi ishlarini yuqori baholadi”, deyilgan AQSH ma’muriyatining bayonotida. 

Bundan tashqari, suhbat davomida Bayden hamda Putin AQSH va boshqa mamlakatlarga hujum qilayotgan rossiyalik tovlamachi hakerlar masalasini muhokama qilgan. 

“Prezident Bayden Rossiya mahalliy tovlamachi guruhlar faoliyatini bostirish uchun choralar ko‘rishi zarurligini ta’kidladi”, deyilgan Oq uy xabarida.

Avvalroq Kreml AQSHni Rossiyaga do‘st bo‘lmagan mamlakatlar ro‘yxatidan chiqarish uchun sabab yo‘qligini ma’lum qilgandi.

Ma’lumot o‘rnida, joriy yilning 16 iyun kuni Shveysariyaning Jeneva shahrida Rossiya-AQSH sammiti bo‘lib o‘tdi. Hashamatli La Granj qasrida ikki davlat rahbari Vladimir Putin va Jo Bayden 3 soatdan ortiq muzokara olib bordi. Muzokaralar vaqtida ikki davlat rahbari Rossiya muxolifati yetakchisi Aleksey Navalniy, Arktikani harbiylashtirish, ikki mamlakat qamoqxonalarida saqlanayotgan mahbuslarni almashish orqali Vataniga qaytarish, yangi sanksiyalar kabi bir qator masalalarni muhokama qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Putin Bayden

Baholaganlar

89

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing