Bayden Prezident bo‘lishi bilan musulmonlarga oid farmon imzoladi

Olam

image

AQSH Prezidenti Jo Bayden lavozimiga kirishishi bilan o‘zidan avvalgi Prezident Donald Trampning bir nechta farmonlarini bekor qildi. 

U AQSHni Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) va Parij iqlim kelishuviga qaytardi.

Davlat rahbari, shuningdek, Meksika bilan chegarada devor qurilishini muzlatib qo‘ydi va niqob rejimiga rioya qilishga chaqirdi. 

Bayden inauguratsiya kuni quyidagi farmonlarni imzoladi: 

Meksika bilan chegaradagi vaziyatga bog‘liq holda favqulodda holatni bekor qilish to‘g‘risida; 

JSSTga qaytish to‘g‘risida; 

Parijning iqlim kelishuviga qaytish to‘g‘risida;

bir qator musulmon davlatlari fuqarolarining AQSHga kirishiga taqiqni bekor qilish to‘g‘risida; 

Kanada bilan Keystone XL neft quvuri qurilishining to‘xtatilishi to‘g‘risida; 

niqob rejimi to‘g‘risida. Bu 100 kun davomida hamma joyda niqob taqishni va davlat idoralarida niqob taqish rejimiga sodiqlikni talab qiladi. 

Shuningdek, Jo Bayden 20 yanvarni Milliy Birlik kuni deb e’lon qildi.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 20 yanvar kuni Vashingtonda AQSH Prezidenti Jo Bayden va vitse-prezident Kamola Harrisning inauguratsiya marosimi bo‘lib o‘tdi.

Shundan so‘ng, Bayden rasman AQSHning 46-prezidenti bo‘ldi


Maqola muallifi

Teglar

Bayden

Baholaganlar

3308

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing