Bayden Meksika orqali AQSHga o‘tgan noqonuniy muhojirlarga boshpana berishni taqiqladi

Olam

image

AQSH Prezidenti Jo Bayden AQSHning janubiy chegarasini noqonuniy kesib o‘tgan muhojirlarga boshpana berishni vaqtincha taqiqladi. Bu haqda Oq uy matbuot xizmati tarqatgan bayonotda aytiladi.


"Ushbu chora doimiy emas", deyiladi bayonotda.

Unga ko‘ra, cheklovlar muhojirlar oqimi AQSHning Meksika bilan chegarasida sig‘imdan oshib ketgan davrlarga nisbatan qo‘llaniladi. Ayni paytda esa vaziyat aynan shunday.

Hujjatda, shuningdek, cheklovlar rasmiylarga “Qo‘shma Shtatlarda bo‘lish uchun qonuniy asosga ega bo‘lmagan shaxslarni tezroq chiqarib yuborish” imkonini berishi ta’kidlangan. Shu bilan birga, taqiq hamrohsiz bolalar va “odam savdosi qurbonlari” uchun gumanitar istisnolarni nazarda tutadi.

Oq uy yangi cheklovlar AQSHning janubiy chegarasida Kongress darajasida nazorat choralarini kuchaytirish orqali erishiladigan natijalarga erisha olmasligini ta’kidladi. Bundan tashqari, ular mamlakatning "janubiy chegarasini yanada mustahkamlash" uchun mablag‘ ajratishni nazarda tutmaydi.

"Kongress hali ham chora ko‘rishi kerak", deyiladi Oq uy bayonotida.

May oyining oxirida AQSH janubiy chegarasida nazoratni kuchaytirish, chegarada qochqinlar soni ko‘paysa, Oq uyga muhojirlarga boshpana berish imkoniyatini cheklash uchun mablag‘ ajratadigan qonun loyihasi yana Kongress Senatida ovoz berishdan o‘ta olmagan. Vakillar palatasi spikeri Mayk Jonsonning ta’kidlashicha, bu qonun loyihasi chegaradagi nazorat choralarini kuchaytirmaydi, faqat immigratsiya qonunchiligi masalalarini hal qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Meksika Jo Bayden muhojirlar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing