Bayden Markaziy Osiyo rahbarlari bilan nimani gaplashmoqchi? 

Olam

image

Joriy yilning 19 sentyabr kuni AQSH Prezidenti Jo Bayden markaziy osiyolik mavqedoshlari bilan Nyu-Yorkda sammit o‘tkazadi. Bu haqda Baydenning milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jeyk Sallivan ma’lum qildi.

“Prezident [Bayden] Markaziy Osiyoning besh davlati: Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston Prezidentlari bilan uchrashadi. Bu C5+1 formatidagi birinchi Prezidentlar sammiti bo‘ladi”, deydi Sallivan.

Uning aytishicha, Prezidentlar sammitida mintaqaviy xavfsizlik, savdo aloqalari, iqlim o‘zgarishi, boshqaruv va qonun ustuvorligini takomillashtirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar muhokama qilinishi rejalashtirilgan.

Shuningdek, Sallivan C5+1 aslida 2015 yilda tashkil etilgani, o‘shandan beri birinchi marta yetakchilar ishtirokida o‘tkazilishini qo‘shimcha qilgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 11 avgust kuni AQSH Prezidenti Jo Bayden Shavkat Mirziyoyevga maktub yo‘llab, uni Nyu-Yorkda C5+1 formatidagi sammitga taklif qilgandi. 22 avgust kuni Tojikiston Tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Muhriddin, 23 avgustda Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev, 25 avgustda esa O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ham AQSH Senati Milliy xavfsizlik va hukumat ishlari bo‘yicha qo‘mitasi raisi Gari Pitersni qabul qilgandi.  Mazkur uchrashuvlarda ham C5+1 sammiti muhokama qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Markaziy Osiyo Jo Bayden

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing