Bayden ish tashlash aksiyasida qatnashdi
Olam
−
27 Sentabr 2023
7351AQSH Prezidenti Jo Bayden avtomobil sanoati ishchilari kasaba uyushmasining piketida ishtirok etdi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.
Bayden ishchilarning maoshini 40 foizga oshirish haqidagi chaqirig‘ini qo‘llab-quvvatladi va ular hozirgi maoshidan ko‘prog‘iga loyiq ekanini aytgan.
“Kompaniyalarda muammolar bor edi. Lekin hozir ular o‘z yechimini topdi. Bilasizmi, nima? Sizda ham hammasi joyida bo‘lishi kerak”, degan Bayden Michigan shtatining Belvil shahridagi General Motors’ga tegishli markaz oldida o‘tkazilgan tadbirda.
U tarixda kasaba uyushmalarining ish haqidan norozilik aksiyasida qatnashgan birinchi amaldagi Amerika prezidentiga aylandi.
Ma’lumot uchun, sentyabr oyida United Auto Workers (UAW) a’zolari ish haqini oshirishni talab qilib, General Motors, Ford va Stellantis’ga qarshi ish tashlash namoyishlarini uyushtirgandi. Unda qatnashganlar kompaniya rahbarlarining ish haqiga mos ravishda o‘zlarining ham maoshlarini ko‘paytirishini talab qilmoqda.
LiveBarchasi