Bayden Guterrish bilan global muammolar yechimi haqida gaplashdi

Olam

image
0:00
0:00
download

Kecha, 20 sentyabr kuni AQSH Prezidenti Jo Bayden va Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish uchrashdi. Bu haqda Oq uy matbuot xizmati tarqatgan bayonotda aytilgan. 

Ta’kidlanishicha, suhbatda koronavirus pandemiyasi bilan kurashish, sog‘liqni saqlash sohasida yangi tahdidlarga tayyorgarlik ko‘rish, iqlim o‘zgarishiga qarshi kurash va mojarolarning oldini olishga urinish masalalari haqida so‘z borgan.

Hujjatga ko‘ra, Bayden va Guterrish Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda Qo‘shma Shtatlar va Birlashgan Millatlar Tashkilotining umumiy qadriyatlarga, jumladan, inson huquqlari, asosiy erkinliklari va xalqaro huquqlarga hurmatga asoslangan yaqin hamkorligini tasdiqlagan.

Ular, shuningdek yangi koronavirus pandemiyasini tugatish, kelajakda sog‘liqni saqlash sohasidagi tahdidlarga tayyorgarlik ko‘rish, iqlim o‘zgarishiga qarshi turish masalalarida birgalikda ishlash zarurligini muhokama qilgan. 

Bayden barcha uchun farovonlik, tinchlik va xavfsizlikni ta’minlashda BMTning noyob rolini ta’kidlagan. 

Ma’lumot o‘rnida, bugun, 21 sentyabr kuni Guterrish va Bayden Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh assambleyasining umumsiyosiy munozarasida chiqish qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Guterrish Bayden

Baholaganlar

28

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing