Bayden Finlyandiya va Shvetsiyaning NATOga qo‘shilishi bo‘yicha protokolni imzoladi

Olam

image

AQSH Prezidenti Jo Bayden Vashingtonning Finlyandiya va Shvetsiyani NATOga qabul qilishini tasdiqlovchi hujjatlarni imzoladi. Bu haqda Oq uy Matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Imzolash marosimida nutq so‘zlagan Jo Bayden bugun Shvetsiya va Finlyandiyaning NATOga a’zo bo‘lishini ta’minlash uchun yana bir muhim qadam tashlanganini aytdi.

Uning fikricha, ikki Skandinaviya davlatining NATOga qo‘shilishi bu nafaqat Yevropa va AQSHda, balki butun dunyoda Ittifoq va xavfsizlik va barqarorlikni oshirish uchun muhim voqea bo‘lgan va shunday bo‘lib qoladi.

“Biz Qo‘shma Shtatlar, Finlyandiya va Shvetsiya umumiy xavfsizligimizga soya soladigan har qanday tahdidga qarshi hushyor bo‘lish, har qanday qarama-qarshilikning oldini olish va yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan har qanday tajovuz yoki tahdidga qarshi turish majburiyatini oldik”, deydi  Prezident.

Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSH xalqi, uning ittifoqchilari va manfaatlariga zarar yetkazishdan oldin tahdidlarni to‘xtatish hozir juda muhim.

“Putin Rossiyasi Yevropada tinchlik va xavfsizlikni barbod qilgan, avtokratlar huquqiy tartib asoslariga qarshi chiqayotgan bir paytda, transatlantik ittifoqning mustahkamligi va AQSHning NATOga sodiqligi har qachongidan ham muhimroqdir”, deydi Bayden

AQSH prezidenti Rossiya NATOni zaiflashtirishga umid qilayotganini aytdi. 

"Ular NATOning "finlandiyalashtirilishini" ko‘rishni xohlashdi, lekin buning o‘rniga ular NATOning Finlandiyaga kirib borishiga erishishdi", deydi Bayden.

Shvetsiya va Finlyandiya masalasi

18 may kuni Finlyandiya va Shvetsiya NATOga a’zo bo‘lish uchun ariza berdi, biroq Turkiya bu davlatlardan FETO, Kurdiston ishchilar partiyasi va Suriya Xalq mudofaasi kuchlari tashkilotlarini terrorchi deb e’lon qilishni, terrorizmda yoki 2016 yildagi davlat to‘ntarishiga urinishda ishtirok etishda ayblanganlarni Anqaraga ekstraditsiya qilishni va Turkiyaga qurol yetkazib berishga qo‘yilgan taqiqlarni olib tashlashni talab qilib, a’zolik jarayonini darhol to‘xtatdi. 

Joriy yilning 28 iyun kuni Madridda NATO sammiti boshlanishidan oldin Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an, Finlyandiya Prezidenti Sauli Niinistyo, Shvetsiya Bosh vaziri Magdalena Andersson va alyans bosh kotibi Yens Stoltenberg o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Ularning natijalariga ko‘ra, Stokgolm va Xelsinkining NATOga a’zo bo‘lishiga ruxsat beruvchi memorandum imzolandi. Turkiya rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Anqaraning barcha talablari bajarilishiga kelishib olingan. Unga ko‘ra, Shvetsiya terrorchilik faoliyatida ishtirok etgan 73 kishini ekstraditsiya qilishga va’da bergan.

30 iyun kuni NATO sammitidan keyin matbuot anjumanida ishtirok etgan Erdo‘g‘an, Shvetsiya va Finlyandiya uchun quvonishga hali ertaligini, ular shartni bajarsagina, Turkiya parlamenti Stokgolm va Xelsinkining NATOga a’zo bo‘lishiga oid hujjatni ratifikatsiya qilishini aytdi

Farangiz Salimova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Shvetsiya Finlyandiya

Baholaganlar

12

Reyting

3.3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing