Bayden davrida Pompeoning o‘rnini kim egallashi aniq bo‘ldi
Olam
−
23 noyabr 2020
7988AQSHning saylangan Prezidenti Jo Baydenning Tashqi siyosat bo‘yicha maslahatchisi Toni Blinken Davlat kotibi Mayk Pompeoning o‘rnini egallaydi. Bu haqda "New York Times" manbalariga asoslanib xabar bergan.
O‘z navbatida, "Hill" gazetasi ham Bayden Davlat kotibi lavozimiga nomzod to‘g‘risida qaror qabul qilgani haqida xabar bergan. Unga ko‘ra, Blinken ushbu lavozim uchun favorit hisoblanyapti.
ABC News va "Bloomberg" manbalari Blinkenning Davlat kotibi etib tayinlanganini tasdiqlamoqda.
Shu bilan birga, agentlikka ko‘ra, Xillari Klintonning sobiq yordamchilaridan biri Jeyk Sallivan Prezidentning Milliy xavfsizlik bo‘yicha yordamchisiga aylangan.
Avvalroq, Obama ma’muriyatining sobiq rasmiysi, faxriy diplomat va Baydenning uzoq yillik hamkori Toni Blinken Davlat kotibi lavozimiga nomzod sifatida ko‘rilayotgani haqida xabar bergandik.
Eslatib o‘tamiz, AQSHda 3 noyabr kuni prezidentlik saylovlari bo‘lib o‘tdi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Demokratik partiyadan nomzod Bayden g‘alaba qozonish uchun yetarlicha elektorat to‘plagan.
Tramp ham o‘z o‘rnida g‘alaba qozonganiga shubha qilmayapti. U o‘zining haqligini sud orqali isbotlamoqchi.
LiveBarchasi