Bayden AQSHning strategik zaxirasidan rekord darajada neft chiqarishga ko‘rsatma berdi
Olam
−
01 aprel 2022
9332AQSH Prezidenti Jo Bayden may oyidan boshlab olti oy davomida AQSHning strategik neft zaxirasidan bozorga kuniga bir million barrel neft chiqarilishini aytdi.
Oq uyda chiqish qilgan Bayden neft narxi qanchaga tushishini bilmasligini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu ko‘p jihatdan AQSH ittifoqchilari qancha strategik zaxiralar ajratishiga bog‘liq bo‘ladi. Unga ko‘ra ittifoqchilar 30-50 million barrel ajratishi mumkin.
Avvalroq Bayden ma’muriyati AQSH Prezidenti butun dunyodagi ittifoqchilar va hamkorlar bilan yirik neft zaxiralarini chiqarish masalasini muhokama qilishini ma’lum qilgandi.
Qo‘shma Shtatlardagi strategik neft zaxirasi 1975 yilda yaratilgan va undan haligacha neftning bunday katta partiyasi chiqarilmagan. Bu oxirgi olti oy ichida uchinchi marta AQSH rasmiylari yoqilg‘i narxining oshishini sekinlashtirish uchun zahiradan foydalanmoqda. Bayden e’lon qilgan 180 million barrel neft taxminan ikki kunlik global talabga teng.
Baydenning bayonotidan keyin jahon bozorida neft narxi 4-5 foizga tushib ketdi. Texasdagi WTI nefti 100 dollar atrofida, Brent esa 105 dollardan sal qimmatroqqa sotilmoqda.
LiveBarchasi