“Bavariya” joriy mavsumda ilk bor YeCHLda mag‘lub bo‘ldi

Sport

image
0:00
0:00
download

12 aprelga o‘tar kechasi Yevropa Chempionlar ligasining 2022/2023 yilgi mavsumi 1/4 finalining birinchi o‘yini bo‘lib o‘tdi va unda “Manchester Siti” va “Bavariya” klublari to‘qnash keldi. Uchrashuv 3:0 hisobida ingliz klubining g‘alabasi bilan yakunlandi. Shu tariqa myunxenliklar mavsumda ilk bor ushbu turnirda mag‘lub bo‘ldi.

Bungacha Germaniya klubi musobaqada qatorasiga sakkizta g‘alabani qo‘lga kiritgandi. Jamoa sobiq murabbiyi Yulian Nagelsmann qo‘l ostida “Inter”, “Barselona”, “Viktoriya” (Plzen) va PSJni ikki martadan mag‘lub etgandi. “Bavariya”ning “Man Siti”ga qarshi javob o‘yini 19 aprel kuni Myunxenda bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, 1/8 final bosqichida “Bavariya” ikki o‘yin natijasiga ko‘ra 3:1 hisobida Fransiyaning PSJ klubidan kuchliroq bo‘lib chiqqandi. “Manchester Siti” ikki o‘yin natijasiga ko‘ra, Germaniyaning “RB Leypsig” jamoasini umumiy 8:1 hisobida mag‘lub etib, 1/4 finalga chiqdi.


Maqola muallifi

Teglar

Evropa Chempionlar ligasi “Bavariya”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing