Bashar Asadning ukasiga tegishli noqonuniy dori zavodi topildi

Olam

image

8 dekabrda Bashar Asad rejimi ag‘darilganidan beri Suriyada dori zavodlari topilyapti. Xususan, Bashar Asadning ukasi Mohir Asadga tegishli villada noqonuniy dori zavodi joylashgani aniqlandi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.

Qayd etilishicha, al-Dimasdagi villada o‘nlab bochkalar, yashiklar va har xil kimyoviy moddalar solingan shishalar hamda bir qancha dori ishlab chiqarish mashinalari topilgan. Ular orasida xloroform, kaliy yodid, formaldegid eritmasi, ammiak eritmasi, sirka kislotasi, xlorid kislota, siklogeksanon va neft efiri ham bor.

Manbalarga ko‘ra, topilgan ashyolardan giyohvand moddalar ishlab chiqarishda foydalanilgan. Shuningdek, uydagi dori ishlab chiqarish uskunasi farmatsevtika kompaniyasiga tegishli ekani aniqlangan. Kimyoviy moddalar yorliqlariga ko‘ra, Buyuk Britaniya, Xitoy, Hindiston, Ummon, Saudiya Arabistoni va Livan kabi mamlakatlarda ishlab chiqarilgan.

Bildirilishicha, narkobiznes eng katta daromad manbalaridan biri bo‘lib, milliardlab daromad keltirardi. Mohir Asad boshchiligidagi giyohvand moddalar tarmog‘i Livandan mintaqadagi va undan tashqaridagi boshqa mamlakatlarga giyohvand moddalar yetkazib berish uchun tranzit nuqtasi sifatida keng foydalanilgan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Bashar Asadning prezidentlik saroyida sovg‘alar bilan to‘la xona topilganligi haqida xabar berilgandi. Xonada turli yodgorlik plakatlarini, Bashar Asad va boshqa dunyo liderlarining byustlarini ko‘rish mumkin. Amerikaning kecha, 15 dekabr kuni "The Wall Street Journal" gazetasi 2021 yilda butun Suriyaning yalpi ichki mahsuloti atigi 8,98 milliard dollarni tashkil etganiga qaramay, Bashar Asad oilasining aktivlari qiymati 12 milliard dollarga yetishi mumkinligini xabar qilgandi.

Mohimbegim Ma’rufaliyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Saudiya Arabistoni Bashar Asad dori zavod al-Dimas

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing