“Barselona” prezidenti iste’foga chiqdi
Sport
−
28 Oktabr 2020
6400“Barselona” Xosep Mariya Bartomeuning jamoa prezidenti lavozimidan iste’foga chiqqanini tasdiqladi.
Klub rasmiy saytining xabar berishicha, Bartomeu bilan birga ko‘k-anorranglilar direktorlar kengashi a’zolari ham iste’foga chiqishgan.
Xosep Mariya Bartomeu 2014 yilda “Barselona” prezidenti lavozimini egallagan. Bu vaqt ichida Kataloniya klubi Ispaniyaning to‘rt karra chempioni (2014/2015, 2015/2016, 2017/2018, 2018/2019), mamlakat kubogining to‘rt karra g‘olibi (2014/2015, 2015/2016, 2016/2017, 2017/2018) bo‘ldi. Chempionlar Ligasi (2014/2015), UEFA Superkubogi (2015) va klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati g‘olibligiga (2015) erishgan.
Ispaniya chempionatining joriy mavsumida “Barselona” beshta o‘yindan so‘ng turnir jadvalida yetti ochko bilan 12-o‘rinni egallab turibdi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning avgust oyida “Barselona” bosh murabbiyi Kike Seten iste’foga chiqarildi. Bunga Chempionlar ligasining yarimfinalida “Bavariya”dan uchralgan sharmandali mag‘lubiyat (2:8) sabab bo‘lgan edi.
LiveBarchasi