“Barselona” Kike Setenni iste’foga chiqardi
Sport
−
17 avgust 2020 10825 1 daqiqa
“Barselona” bosh murabbiyi Kike Seten iste’foga chiqarildi. Bunga Chempionlar ligasining yarimfinalida “Bavariya”dan uchralgan sharmandali mag‘lubiyat (2:8) sabab bo‘ldi. Bosh murabbiy iste’fosini klub prezidenti Jozep Bartomeu ma’lum qildi.
“Seten bo‘shatildi”, Bartomeudan iqtibos keltirdi “Tiempo de Juego”.
61 yoshli murabbiy “Barselona” boshqaruvini o‘tgan yil yanvarida, Ernesto Valverde iste’fosidan so‘ng qo‘lga olgandi.
Seten bilan birga uni oxirgi daqiqalargacha qo‘llagan sport direktori Erik Abidal ham ketishi mumkin. Kataloniyaliklar argentinalik murabbiy Maurisio Pochettinoga “1+1” tartibidagi shartnoma taklif etishmoqda. Bundan tashqari, klub italiyalik Massimiliano Allegri va fransuz Terri Anri bilan aloqa o‘rnatgan.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025