Ispaniyada avtobus 20 metr jarlikka qulab ketdi

Olam

−

image

Ispaniyaning Barselona şahri yaqinida avtobusning jarlikka qulaşi oqibatida 83 kişi jarohatlandi. Bu haqda “Associated Press” xabar berdi.

Qayd etilişiça, hodisa joriy yilning 25 oktyabr kuni Barselona yaqinidagi Fogars-de-Monklyus hududida sodir bölgan. Ma’lumotlarga köra, avtobus tor va burilişlari köp yöldan çiqib ketib, taxminan 20 metr çuqurlikdagi jarlikka qulagan.

Jarohatlanganlarning yetti nafari oğir, 18 nafari örtaça darajada, 58 nafari esa yengil tan jarohatlari olgan. Voqea joyiga 23 ta tez yordam maşinasi va ikkita tibbiy vertolyot yuborilgan. Şuningdek, qutqaruvçilar va tibbiyot xodimlarining qöşma guruhlari hamda psixologik yordam guruhlari jalb etilgan.

Kataloniya hukumati soğliqni saqlaş vaziri Olga Pane qutqaruvçilar hodisa joyi va uning atrofini tekşirib, boşqa jabrlanganlar bor-yöqligini aniqlayotganini bildirgan. Qidiruv işlariga toğ-qutqaruv bölinmalari ham jalb qilingan.

Hozirça avtobusning yöldan çiqib ketişi sabablari ma’lum emas. Hodisa yuzasidan tekşiruv olib borilmoqda.

Eslatib ötamiz, avvalroq Misrda sayyohlik avtobusi yuk maşinasi bilan töqnaşişi oqibatida 13 kişi halok bölgani, yana 34 kişi jarohatlangani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing