Laportaning umidi chippakka chiqdi
Sport
−
27 Oktabr 2022
3854"Barselona" bu mavsumda Yevropa Chempionlar ligasidagi ishtirokidan kamida 20 million yevro ishlab olmoqchi bo‘lgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda "Goal" nashrida xabar berildi.
Manba xabariga ko‘ra, "Barselona" prezidenti Joan Laporta klub hech bo‘lmaganda turnirning chorak finaliga chiqishini o‘ylab, mavsum uchun byudjet ajratgan. Chempionlar ligasining 1/8 finaliga yo‘l olish klublarga taxminan 9,6 million yevro, chorak finalga chiqish esa yana 10,6 million yevro foyda olib keladi. Shunday qilib, kataloniyaliklar kamida 20 million yevro daromaddan mosuvo bo‘lishdi.
"Barselona" YeCHL guruh bosqichining besh turidan so‘ng pley-off bosqichiga chiqish imkoniyatidan mahrum bo‘ldi. Klub 5-turda "Bavariya"ga imkoniyatni boy berdi – 0:3.
Ma’lumot uchun, YeCHL guruh bosqichi yakunlangach “Barselona” Yevropa ligasining 1/16 finalidan o‘z ishtirokini boshlaydi.
Shaxzod Shukurov
LiveBarchasi