Yozning eng cho‘zilgan ertagi:  De Yong “Barsa”da qolmoqchi

Sport

image

Niderlandiyalik futbolchi Frenki de Yong “Barselona”da 2026 yilgacha qolmoqchi. Ya’ni, u amaldagi kelishuvi yakunlanmaguncha Kataloniya klubini tark etishni xohlamaydi. Bu haqda “Mundo Deportivo” nashri yozmoqda.

Manbaga ko‘ra, yarim himoyachi Kataloniya klubida muvaffaqiyat qozonishni istaydi. U “Manchester Yunayted”ga o‘tish niyatida emas. Biroq “Barselona” futbolchining transferini bonuslar bilan birga 85 million yevroga kelishib olgan.

De Yongga “Barsa”ning o‘zi bilan imzolangan shartnomani noqonuniy deb topish uchun sudga murojaat qilmoqchiligi ham ta’sir qilmayapti. Frenkiga ko‘ra, klub shu yo‘l bilan uni shartnomasidagi maoshni kamaytirishga majburlamoqchi.

Qayd etilishicha, Frenkining atrofidagilar va uning advokatlari “Barselona”ning qadamlarini diqqat bilan kuzatib bormoqda. Futbolchining jamoasi allaqachon Kataloniya klubining xatti-harakatlari haqida Ispaniya Futbolchilar ittifoqi, FIFAPro va La Ligaga xabar bergan. Ular de Yong bilan 2020 yil oktyabr oyida imzolangan shartnomani ma’qullagan. Shuningdek, Jerar Pike, Kleman Langle va Mark-Andre ter Shtegen bilan tuzilgan kelishuvlar ham La Liga tomonidan qo‘llab quvvatlangan.

24 yoshli futbolchi o‘zini “Barsa”ning nayranglariga qurbon deb hisoblaydi. Klub uning obro‘sini yomonlashtirish uchun unga qarshi tuhmat kampaniyasini boshlagan. Yarim himoyachi uchun buni qabul qilib bo‘lmaydi, ammo u taslim bo‘lish niyatida emas. De Yongning yaqinlari amaldagi shartnomani qayta ko‘rib chiqish imkoniyatini “0,0 foiz” deb baholashmoqda.

Frenki kelajakda voqealar qanday rivojlanishini kutmoqda, ammo hozircha u hech qanday bayonot bermaydi va shunchaki yangi mavsumga tayyorgarlik ko‘radi. Uning agentlari ham jimlikni buzmoqchi emas, chunki ularning har qanday bayonoti futbolchiga zarar yetkazishi mumkinligini tushunishadi.

Avvalroq, "Barselona" de Yong bilan 2020 yilda imzolangan bitimni noqonuniy deb hisoblashi va bu masala yuzasidan sudga murojaat qilmoqchi ekanligi xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Frenki de Yong "Barselona"

Baholaganlar

11

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing