“Liverpul” De Yong uchun “Barselona”ga taklif bilan chiqdi

Sport

image

“Barselona” yarim himoyachisi Frenki de Yongga Angliyaning “Liverpul” jamoasi qiziqish bildirmoqda. Bu haqda “El Nacional” nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Angliya grandi gollandiyalik futbolchi uchun “Barselona”ga 40 million yevro miqdorida taklif yuborgan, ammo kataloniyaliklar bu taklifni rad etgan. Biroq “Barselona” De Yongni sotish variantini ko‘rib chiqishga tayyor. Buning uchun klubga kamida 70 million yevro miqdorida taklif kelib tushishi kerak.

29 yoshli De Yong joriy mavsumda jarohatidan tiklanish jarayonini davom ettirayotgani sababli hali biror uchrashuvda maydonga tushgani yo‘q. Yarim himoyachining “Barselona” bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil o‘rtasiga qadar amal qiladi.
“Transfermarkt” portali mutaxassislari futbolchining transfer qiymatini 35 million yevro deb baholamoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Barselona” Frenki de Yongni sotish uchun takliflarni o‘rganib chiqayotgani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing