“Barselona” Frenki de Yongni sotmoqchi

Sport

image

“Barselona” rahbariyati niderlandiyalik yarim himoyachi Frenki de Yongni transfer ro‘yxatiga kiritdi va qishki transfer oynasida futbolchi bilan xayrlashishni rejalashtirmoqda. Bu haqda “TODOmercado” nashri xabar berdi.

Nashrning xabar berishicha, kataloniyaliklar de Yong uchun 50 million yevro miqdorida kafolatlangan to‘lov va qo‘shimcha 15 million yevro bonus talab qilmoqda. Shu tariqa, 28 yoshli futbolchining umumiy transfer qiymati 65 million yevroga yetishi mumkin.

“Barselona” sport direktori Deko va klub prezidenti Joan Laporta allaqachon de Yong uchun xaridor izlashni boshlagan. Klub rahbariyati asosiy e’tiborni moliyaviy imkoniyatlari yuqori bo‘lgan Angliya Premer-ligasi va Saudiya Arabistoni Pro-ligasi klublariga qaratmoqda.

Ma’lumot uchun, Frenki de Yong 2019 yildan buyon “Barselona” sharafini himoya qilib kelmoqda. Niderlandiyalik futbolchi kataloniyaliklar safiga “Ayaks”dan ko‘chib o‘tgan. U jamoa tarkibida barcha turnirlarda 250 dan ortiq uchrashuvda maydonga tushib, bir qator sovrinlarni qo‘lga kiritgan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing