“Barselona” besh futbolchisini sotishi mumkin
Sport
−
11:55 578 1 daqiqa
Ispaniyaning “Barselona” jamoasi transfer oynasi yopilgunga qadar besh nafar futbolchisi bilan xayrlashishi mumkin. Bu haqda jurnalist Xose Alvares ma’lum qildi.
Jurnalistning xabar berishicha, Frenki de Yong, Mark Kasado, Ektor Fort, Alexandro Balde va Jyul Kunde klubni tark etishi mumkin bo‘lgan futbolchilar ro‘yxatida turibdi. Ularning barchasiga boshqa klublardan qiziqish bor.
Xususan, yaqinda “Manchester Siti” Frenki de Yongga qiziqish bildirgan. Mark Kasado Saudiya Arabistoni klublaridan biriga o‘tishi mumkin.
Ektor Fortga “Real Sosedad” va “Borussiya Dortmund” qiziqish bildirmoqda. Alexandro Balde “Manchester Yunayted”ning qiziqish doirasida bo‘lsa, Jyul Kunde ham Premer-liga vakillarining radaridan joy olgan. Shu sababli trasfer oynasi yakunlangunga qadar bu futbolchilar jamoani tark etishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 22 avgust kuni “Barselona” La Liga yangi mavsumining ilk bahsida “Elche” ustidan 5:0 hisobidagi yirik g‘alaba qozongan edi.
Live
Barchasi