Levandovski “Barselona”ning asosiy raqibi qaysi jamoa ekanligini aytdi
Sport
−
01 noyabr 2022 4942 1 daqiqa
Kataloniyaning "Barselona" klubi markaziy hujumchisi Robert Levandovski Ispaniya chempionatida "Real"ga qarshi raqobat haqida fikr bildirdi.
“Bizning asosiy raqibimiz, albatta, bu "Real Madrid". Ishonchim komilki, "Barselona" bu mavsum La Ligada yaxshi o‘ynaydi. Biz Madrid klubini kerakli vaqtda mag‘lub eta olamiz", deydi polshalik to‘purar.
Eslatib o‘tamiz, so‘nggi "el-klasiko"da kataloniyaliklar "qirollik klubi"ga 1:3 hisobida imkoniyatni boy bergandi.
La Liganing 12-turidan keyin "Barselona" peshqadam “Real Madrid”dan bir ochko ortda qolib, 2-o‘rinda bormoqda.
Avvalroq, "Inter" Yevropa Chempionlar ligasida "Viktoriya"ni mag‘lub etgach, kataloniyaliklarning YeCHLni tark etishilari aniq bo‘lgandi.
Shaxzod Shukurov
Live
Barchasi