“Chelsi” “Barselona” tarbiyalanuvchisi uchun 60 million yevro to‘lamoqchi

Sport

image

Angliyaning “Chelsi” klubi “Brayton”ning ispaniyalik futbolchisi Mark Kukurelyani sotib olmoqchi va ushbu transferni 60 million yevroga baholamoqda. Bu haqda jurnalist, insayder Fabritsio Romano xabar berdi. 

Manbaga ko‘ra, ikki klub o‘rtasida muzokaralar davom etmoqda. Ammo “Brayton” rasmiylari hali ham futbolchini sotish bo‘yicha biror qarorga kelmagan.

Qayd etish kerakki, Kukurelya “Barselona” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 14 yoshida “Espanol”dan “ko‘k anorranglilar” akademiyasiga ko‘chib o‘tgan. Biroq Mark “Barselona”da o‘z o‘rnini topa olmadi va 2020 yilning iyul oyida nihoyat jamoani tark etdi. O‘sha paytda 22 yosh bo‘lgan futbolchini “Xetafe” 11,8 million yevro evaziga o‘z safiga qo‘shib oldi. Bir yildan so‘ng, Kukurelya “Brayton”ga 18 million yevroga sotildi.

Ma’lumot uchun, o‘tgan davr mobaynida ispaniyalik futbolchi “Brayton” safida 38 uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning yozida yakuniga yetadi.


Maqola muallifi

Teglar

"Barselona" "Chelsi" Mark Kukurel'ya “Brayton”

Baholaganlar

12

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing