“Manchester Yunayted” Angliya Liga kubogidan chiqib ketdi

Sport

image

Kecha, 16 sentyabr kuni “Manchester Yunayted” Angliya Liga kubogining 1/8 final bosqichida o‘z maydonida “Brayton”ga 2:3 hisobida mag‘lub bo‘lib, musobaqadagi ishtirokini yakunladi. Uchrashuv “Old Trafford” stadionida bo‘lib o‘tdi.

“Manchester Yunayted” uchrashuvning dastlabki daqiqalarida ikki gol farqi bilan oldinga chiqdi. Shey Leysi 8-daqiqada, Meyson Maunt esa 10-daqiqada gol urdi.

Biroq “Brayton” futbolchilari uchrashuv taqdirini o‘z foydasiga hal qilishga muvaffaq bo‘ldi. Mehmonlar tarkibida Xaralambos Kostulas (45+1), Paskal Gross (65) va Maksim De Kyoyper (70) gol kiritdi.

Ma’lumot uchun, Angliya Liga kubogida 1/32 final bosqichi Premer-liga klublari ishtirok etadigan musobaqaning dastlabki bosqichi hisoblanadi.

Liga kubogi 1960 yildan beri o‘tkazib kelinadi va unda Angliya futbolining yuqori to‘rt divizionida ishtirok etuvchi jamoalar qatnashadi.

O‘tgan mavsum finalida “Manchester Siti” “Arsenal”ni 2:0 hisobida mag‘lub etib, sovrinni to‘qqizinchi marta qo‘lga kiritgan edi. “Liverpul” esa musobaqada 10 marta g‘olib bo‘lib, sovrinlar soni bo‘yicha rekordchi hisoblanadi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing