Husanovning “Brayton”ga qarşi öyini qanday baholandi?

Sport

−

image

Keça, 28 oktyabr kuni Angliya Liga kubogining 1/8 final bosqiçi doirasida bir qator uçraşuvlar bölib ötdi. Unda “Mançester Siti” öz maydonida “Brayton”ni penaltilar seriyasida mağlub etib, musobaqaning çorak final bosqiçiga yöl oldi.

Uşbu uçraşuvda Özbekiston milliy terma jamoasi himoyaçisi Abduqodir Husanov 76-daqiqa zaxiradan maydonga tuşdi va öyin oxiriga qadar harakat qildi.

“Sofascore” portali Angliya Liga kubogining 1/8 final bosqiçida “Mançester Siti”ning özbekistonlik himoyaçisi Abduqodir Husanovning “Brayton”ga qarşi öyinini 6,9 ball bilan baholadi. Bu “Mançester Siti” himoyaçilari orasidagi ikkinçi eng yaxşi körsatkiç böldi. Himoya çiziğidagi eng yaxşi körsatgiçni 2-gol muallifi Vitor Reys qayd etdi. Braziliyalik himoyaçining öyini 7,3 ball bilan baholandi.

Asosiy vaqt 2:2 hisobida yakunlangan uçraşuvda “Mançester Siti” penaltilar seriyasida 4:3 hisobida ğalaba qozonib, Angliya Liga kubogining çorak finaliga yöl oldi. “Brayton” esa musobaqani tark etdi.

Jamoalar joriy yilning 31 oktyabr kuni Angliya Premer-ligasi doirasida yana özaro bahs olib boradi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing