“Barselona”ning “Inter”ga qarshi o‘yini qoldirilishi mumkin

Sport

image

Chempionlar ligasi yarim finali doirasidagi "Barselona" va "Inter" jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan o‘yin bekor qilinishi mumkin. Bu haqda “Express” nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, “Inter” jamoasi Chempionlar Ligasi uchrashuvidan 24 soat oldin Ispaniyaga uchib kelishi kerak edi. Hozirda esa Ispaniya, Portugaliya va Fransiyaning ayrim hududlarida keng ko‘lamli elektr uzilishlari yuzaga kelgan. Natijada ko‘plab aviaqatnovlar bekor qilingan yoki boshqa vaqtlarga ko‘chirilgan, bu esa o‘z navbatida jadvalda ham kechikishlarga sabab bo‘lmoqda.

Ma’lumot o‘rnida, Chempionlar ligasi yarim finali doirasidagi “Barselona” - “Inter” o‘yini Toshkent vaqti bilan 1 mayga o‘tar kechasi 00:00 da start olishi belgilangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq, Yevropadagi blekautga tarmoqlardagi kuchli quvvat oqimi sabablardan biri  bo‘lgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Barselona Inter Chempionlar ligasi elektr uzilishlari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing