“Barselona”ning 17 yoshli futbolchisi yuzini 10 igna tiktirishga majbur bo‘ldi
Sport
−
07 noyabr 2024
31779“Barselona”ning 17 yoshli himoyachisi Pau Kubarsi “Srvena Zvezda” bilan Yevropa Chempionlar ligasi umumiy bosqichi 4-tur uchrashuvi vaqtida jarohat oldi. Bu haqda “Barselona” matbuot xizmati xabar berdi.
Pau Kubarsi ispaniyalikning yuziga tepgan “Srvena Zvezda” futbolchisi Urosh Spajich bilan to‘qnashib ketganidan keyin 67-daqiqada zaxiraga olindi.
Qayd etilishicha, u yuzidagi jarohatni bartaraf etish uchun 10 ta chok tiktirgan.
Ma’lumot uchun, o‘yin 2:5 hisobida “Barselona” foydasiga hal bo‘ldi. Kataloniyaliklar safidan gollarga Levandovski, Rafinya, va Fermin mualliflik qildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Barselona” 74 yillik rekordini yangilagani xabar qilingandi.
LiveBarchasi
Isroil va HAMAS kelishuvga erishdi.
15 yanvar
Eron Prezidenti Markaziy Osiyoga keldi.
15 yanvar