“Barselona”ning 17 yoshli futbolchisi yuzini 10 igna tiktirishga majbur bo‘ldi

Sport

image

“Barselona”ning 17 yoshli himoyachisi Pau Kubarsi “Srvena Zvezda” bilan Yevropa Chempionlar ligasi umumiy bosqichi 4-tur uchrashuvi vaqtida jarohat oldi. Bu haqda “Barselona” matbuot xizmati xabar berdi.

Pau Kubarsi ispaniyalikning yuziga tepgan “Srvena Zvezda” futbolchisi Urosh Spajich bilan to‘qnashib ketganidan keyin 67-daqiqada zaxiraga olindi.

Qayd etilishicha, u yuzidagi jarohatni bartaraf etish uchun 10 ta chok tiktirgan. 

Ma’lumot uchun, o‘yin 2:5 hisobida “Barselona” foydasiga hal bo‘ldi. Kataloniyaliklar safidan gollarga Levandovski, Rafinya, va Fermin mualliflik qildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Barselona” 74 yillik rekordini yangilagani xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing