Pau Kubarsi “Golden Boy” mukofoti sohibi böldi
Sport
−
09:24 336 1 daqiqa
Ispaniya terma jamoasi va “Barselona” himoyaçisi Pau Kubarsi 21 yoşgaça bölgan eng yaxşi yevropalik futbolçiga beriladigan “Golden Boy” mukofotiga sazovor böldi. Bu haqda mukofot taşkilotçisi “Tuttosport” naşri xabar berdi.
Ötgan mavsumda Kubarsi “Barselona” bilan Ispaniya çempionligi va mamlakat kubogini qölga kiritdi, şuningdek, Kubarsi Ispaniya terma jamoasi bilan Jahon çempionatida ğolib böldi.
Ma’lumot uçun, “Golden Boy” mukofoti “Tuttosport” gazetasi tomonidan 2003 yilda ta’sis etilgan. U har yili Yevropa çempionatlarining yuqori divizionlarida töp surayotgan 21 yoşgaça bölgan eng yaxşi futbolçiga topşiriladi.
2024 yilda mazkur mukofotni “Barselona” va Ispaniya terma jamoasi hujumçisi Lamin Yamal qölga kiritgan edi. Ötgan yilgi mukofot PSJ va Fransiya terma jamoasi futbolçisi Dezire Duega topşirilgandi.
Live
Barchasi