Barcha jurnalist va blogerlar agentligimiz himoyasida - AOKA

Jamiyat

262626262626262
Ortiqxo‘jayev o‘zidan ketdi. Jurnalistlarni yo‘q qilish, geyga chiqarish bilan tahdid qildi (audio) north_east

Ortiqxo‘jayev o‘zidan ketdi. Jurnalistlarni yo‘q qilish, geyga chiqarish bilan tahdid qildi (audio)

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi  huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Jahongir Ortiqxo‘jayevga oid audioyozuv ishini o‘z nazoratiga olganini, to voqealarga qonuniy baho berilmagunga qadar, hissiyotga berilib xulosa qilmaslikni aytmoqda. Bu haqda agentlik Matbuot kotibi quyidagicha bayonot berdi: 

"Oxirgi soatlarda ko‘plab yurtdoshlarimiz, jurnalist va blogerlarimiz internetda tarqalgan, Toshkent shahri hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevga tegishli ekani aytilayotgan audioyozuv yuzasidan izoh berishimizni so‘rab murojaat qilishmoqda.

Shuni ma’lum qilamanki, biz vaziyatdan xabardormiz va bu borada tegishli choralar ko‘rilmoqda. To‘plangan barcha ma’lumotlar asosida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda Bosh prokuraturaga murojaat xati yuboriladi va ularning xulosalari asosida muayayn to‘xtamga kelinadi.

Ishonamizki, mamlakatimizda qonun ustuvorligini ta’minlash hamda fuqarolar huquqlarini himoya qilish uchun mas’ul bo‘lgan mazkur davlat organlari tomonidan ushbu masalaga munosib huquqiy baho beriladi".

Ayni vaqtda ijtimoiy tarmoqlarda qizg‘in bahs-munozara ketmoqda. Bloger va jurnalistlar masalani uzil-kesil hal etish tarafdori. AOKA esa hissiyotga berilmaslikni so‘rayapti.

"Jurnalist va blogerlarimizdan vaziyatga huquqiy baho berilgunga qadar hissiyotlarga berilmaslik, shoshma-shosharlik bilan xulosa chiqarmaslikni so‘raymiz.

Ta’kidlashni istar edimki, kim tomonidan ekanidan qat’i nazar, to‘rtinchi hokimiyat — jurnalistlar haqida aytilgan bunday fikrlar o‘ta yoqimsiz holat va bunga jim qarab turish mumkin emas. Bu — davlat siyosati va jamiyatda o‘rnatilgan qoidalarga mutlaqo ziddir. 

Biz o‘z pozitsiyamizda qat’iymiz — yurtimizdagi barcha jurnalist va blogerlar Agentligimiz himoyasida. Ularning huquqlari buzilgani o‘z tasdig‘ini topgan taqdirda, albatta tegishli choralar ko‘riladi", deydi agentlik Matbuot kotibi Hikmatilla Ubaydullayev.


Maqola muallifi

Teglar

Jahongir Ortiqxo'jaev AOKA jurnalist va blogerlar

Baholaganlar

108

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing