Barcha hududlarda gaz uchun bazaviy me’yor muddati uzaytirildi

Jamiyat

image

Tabiiy gaz uchun isitish mavsumida belgilangan bazaviy me’yor Respublikaning barcha hududlarida 15 martga qadar uzaytirildi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.

Ob-havo prognozlarining yangilangan kutilmalariga ko‘ra, sovuq havo massasi O‘zbekistonning boshqa hududlariga ham kirishi ehtimoli tufayli isitish mavsumi uchun belgilangan 500 kub metr bazaviy me’yor barcha hududlarda 2026 yilning 15 martiga qadar uzaytirilgan.

“15 martdan keyin esa ob-havo sharoitidan kelib chiqib, zarur bo‘lsa, qo‘shimcha choralar ko‘riladi”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida tabiiy gaz uchun isitish mavsumida belgilangan bazaviy me’yor 15 martga qadar uzaytirilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Tabiiy gaz

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing