Tabiiy gaz “schetchik”lari  2021 yil 1 avgustga qadar “Gosstandart”dan o‘tkazilmaydi

Jamiyat

image

Tabiiy gaz hisoblagichlarini davriy qiyoslashdan o‘tkazish muddati 2021 yil 1 avgustga qadar uzaytirildi. Bu haqda Davlat xizmatlari agentligi Matbuot xizmati ma’lum qildi.  

Zamonaviy gaz hisoblagichlarni ommaviy o‘rnatish haqidagi xabardan so‘ng, joylarda gaz hisoblagichlarni qiyoslash bo‘yicha murojaatlar ko‘paygan. Agentlik aholi ovoragarchiligiga chek qo‘yish va ortiqcha pul mablag‘lari sarflashining oldini olish uchun, tabiiy gaz hisoblagichlarni davriy qiyoslashdan o‘tkazish muddatini 2021 yil 1 avgustga qadar uzaytirish tashabbusi bilan chiqdi. 

Shunga ko‘ra, 2021 yil 1 avgustga qadar Respublikaning barcha hududlarida iste’molchilarga zamonaviy hisoblagichlarni o‘rnatib, tabiiy gaz nazorati va hisobining avtomatlashtirilgan tizimini to‘liq joriy etilishi rejalashtirilgan.

“Hukumat tomonidan bu masala qo‘llab-quvvatlandi.  “Schetchik”ni davriy tekshiruvdan o‘tkazish muddati o‘tgan bo‘lsa-da, hisob-kitoblar hozirda uyingizda o‘rnatilgan hisoblagichlar asosida amalga oshiriladi”, deyiladi Agentlik xabarida.  

Qayd etilishicha, 2021 yil 1 avgustga qadar eski ko‘rinishdagi (elektron bo‘lmagan) gaz hisoblagichlarini qiyoslash uchun arizalar qabul qilinishi to‘xtatib turiladi.

Dinara Yusupova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

gaz Tabiiy gaz schetchik

Baholaganlar

177

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing