Gaz uchun isitish mavsumida belgilangan me’yor uzaytirildi

Jamiyat

image

Tabiiy gaz uchun isitish mavsumida belgilangan bazaviy me’yor 1 aprelga qadar uzaytirildi. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, 1 mart sanasidan e’tiboran O‘zbekistonda isitish mavsumida tabiiy gaz uchun joriy qilingan 500 kubometrlik bazaviy me’yor 100 kubometrga tushirilishi belgilangan edi.

Biroq mart oyida havo haroratining past bo‘lishi, hatto ayrim kunlari kechasi va kunduzi harorat 0 darajadan tushib, odatdagidan ko‘ra sovuqroq kelishi kutilayotgani, qolaversa, aholiga qulaylik yaratish maqsadida davlat rahbarining topshirig‘iga muvofiq, Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan isitish mavsumi uchun belgilangan 500 kubometr bazaviy me’yor 2025 yilning 1 apreligacha uzaytirildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 16 aprel kuni qabul qilingan “Yoqilg‘i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan O‘zbekistonda joriy yil 1 apreldan elektr energiyasi va tabiiy gaz tariflari yana bir karra oshirilishi xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Tabiiy gaz bazaviy me'yor

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing