Banklarga kredit muddatlarini uzaytirish tavsiya qilindi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki respublikaning tijorat banklariga tadbirkorlardan olingan kreditlarni to‘lash muddatini uzaytirishni tavsiya qildi. Bu haqda bugun, 17 mart kuni Markaziy bank Matbuot xizmati xabar berdi.

Markaziy bank tavsiyalari koronavirus tarqalishi bilan bog‘liq iqtisodiy oqibatlarni yumshatishga qaratilgan. Xususan, pul oqimi kamaygan korxonalar uchun kriditlarni qaytarish muddati uzaytirish tavsiya etiladi. Markaziy bank, shuningdek, bunday kompaniyalar uchun 2020 yil 1 oktyabrgacha imtiyozli davrni belgilashni tavsiya qilgan.

"Kreditning asosiy qarzini qaytarish bo‘yicha 2020 yil 1 oktyabriga qadar imtiyozli davr berish hamda yakuniy to‘lovlar muddatlarini berilgan imtiyozli davrga mos ravishda uzaytirish yuzasidan kredit shartnoma shartlariga o‘zgartirish kiritish tavsiya qilinadi", deyiladi Markaziy bank xabarida.

Ma’lumot uchun, 17 martga kelib O‘zbekistonda koronavirus bilan bog‘liq 11 ta holat aniqlandi.

Dunyo bo‘ylab koronavirusga chalinganlar soni esa 187 375 nafarga yetgan. Bu kasallik tufayli 7 477 kishi vafot etgan. Bemorlardan 6 491  nafari yoki 7 foizining ahvoli og‘ir. Shu kungacha kasallikni yuqtirganlarning 80 848 nafari bu virusdan forig‘ bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Markaziy bank Koronavirus Kreditlar

Baholaganlar

403

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing