O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar 11 nafarga yetdi

Jamiyat

image

Koronaviruscha chalinganlar 11 nafarga yetdi. Bu haqda Sanitariya-epidimiologik osoyishtalik agentligi direktori Bahrom Alimatov ma’lum qildi. 

Navbatdagi bemor BAAning Dubay shahridan kelgan samolyot yo‘lovchisi bo‘lgan. 

Shunday qilib, bemorlarning birinchisi joriy yilning 15 mart kuni Fransiyadan qaytgan edi. Turkiyadan qaytganlar orasidan esa uch nafar bemor aniqlangan. Shuningdek, Londondan qaytgan bir o‘zbekistonlikda ham koronavirus qayd etilgan. 

Bemorlarning ahvoli hozircha qoniqarli bo‘lib,  shifokorlar tomonidan  standartlar asosida davolash muolajalari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, infeksiya tarqalib ketishining oldini olish maqsadida olib borilayotgan epidemiologik surishtiruv ishlari davom ettirilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

koronavirus

Baholaganlar

974

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing