Bank nazorati qo‘mitasi bank va to‘lov tashkilotlarini jazoladi

Jamiyat

image

Markaziy bankning Bank nazorati qo‘mitasi tomonidan 2024 yilning yanvar oyidagi yig‘ilishlarda 30 ta masala ko‘rilib, tegishli qarorlar qabul qilindi. Ayrim tashkilotlar jazoga tortildi. Bu haqda Markaziy bank axborot xizmati xabar berdi. 

Ma’lum bo‘lishicha, amaldagi qonunchilik va Markaziy bankning me’yoriy-huquqiy hujjatlari talablariga rioya qilinishi ta’minlanmaganligi sababli 1 ta bank va 1 ta to‘lov tashkilotiga nisbatan jarima sanksiyasi qo‘llanilgan, shuningdek, 3 ta bank va 2 ta lombard chora ko‘rilishi to‘g‘risida ogohlantirilgan.

Bundan tashqari, Qo‘mita tomonidan tizim barqarorligini saqlash, omonatchilar va investorlar huquqlarini himoya qilish prinsipidan kelib chiqib, tijorat banklari boshqaruvlari va mikromoliya tashkilotlari rahbariyatiga aniqlangan kamchiliklarni tuzatish, bank faoliyatida mavjud zaifliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berilgan.

Sarvar Xurramov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Bank

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing