Banklarni sanatsiya qiliş böyiça yangi tartib joriy etildi

O‘zbekiston

−

image

Özbekistonda banklarni sanatsiya qiliş tartibi belgilandi. Bu haqda Adliya vazirligi keça, 16 noyabr kuni davlat röyxatidan ötkazgan “Banklarni sanatsiya qiliş tartib-taomillarini amalga oşiriş tartibi töğrisida”gi idoraviy hujjatda belgilangan.

Mazkur hujjat “Banklarni sanatsiya qiliş va tugatiş töğrisida”gi Qonun ijrosini ta’minlaş maqsadida qabul qilingan. Hujjat omonatçilarning huquq va manfaatlarini himoya qiliş, bank xizmatlarining uzluksizligini ta’minlaş hamda banklar faoliyatidagi moliyaviy muammolarni tartibli hal etişga qaratilgan.

Banklarni sanatsiya qiliş nima?

Bu moliyaviy muammoga duç kelgan bankning muhim xizmatlarini saqlab qoliş va moliyaviy barqarorlikni ta’minlaş uçun amalga oşiriladigan maxsus çora-tadbirlardir. Hujjatga köra, banklarni sanatsiya qilişda quyidagi uçta asosiy vosita qöllaniladi:

Aktivlar va majburiyatlarni ötkaziş (sotiş) – bankning aktivlari va majburiyatlari, jumladan, kreditlari va omonatlarini boşqa bankka ötkaziş;

Oraliq bankni taşkil etiş – bankning muhim xizmatlarini davom ettiriş uçun ikki yilgaça faoliyat yurituvçi vaqtinçalik bank taşkil qiliş;

Hisobdan çiqariş va (yoki) konvertatsiya qiliş – bank zararlarini qoplaş uçun uning kapitali va ayrim majburiyatlarini kamaytiriş yoki aksiyalarga aylantiriş.

Omonatçilar uçun qanday kafolatlar nazarda tutilgan?

Kafolatlangan omonatlar, şu jumladan, ularning kafolatlaş çegarasidan oşadigan qismi hisobdan çiqarilmaydi yoki aksiyalarga aylantirilmaydi. Omonatlar boşqa bankka ötkazilganda, omonatçilar bilan yangi bank hisobvaraği şartnomasini tuziş talab etilmaydi. Bankning aktivlari va majburiyatlari boşqa bankka yoki oraliq bankka ötkazilganda, bank xizmatlarining uzluksizligini ta’minlaş çoralari köriladi.

Bankning zararlari birinçi navbatda aksiyadorlar hisobidan qoplanadi. Şuningdek, sanatsiya jarayonida bankni boşqariş uçun maxsus boşqaruvçi tayinlanişi mumkin. Uning faoliyati Markaziy bank tomonidan nazorat qilinadi.

Bankni sanatsiya qiliş töğrisidagi qaror Markaziy bank va sanatsiya qilinayotgan bankning rasmiy veb-saytlari hamda ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida e’lon qilinadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing