Surxondaryoda o‘zganing bank mobil ilovasiga ulanib olgan “uddaburonlar” qo‘lga tushdi  

3-sahifa

image

Surxondaryo viloyatida o‘zganing bank mobil ilovasiga ikkinchi bo‘lib, ulanib olgan shaxslar qo‘lga olindi. Bu haqda IIV Kiberxavfsizlik markazi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Sho‘rchi tumanida yashovchi 20 yoshli Yu.O. IIOga murojaat qilib, o‘ziga tegishli bo‘lgan bank kartasidan 2 525 000 so‘m miqdoridagi pul mablag‘lari noma’lum shaxs tomonidan o‘zlashtirilganini ma’lum qilgan. 

Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo‘linmalari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Sho‘rchi tumanida yashovchilar 18 yoshli M.B. hamda 24 yoshli E.M. sodir etgani aniqlangan.

Unga ko‘ra, M.B. va E.M. jabrlanuvchi Yu.O.ga SMS-xabarnoma (soxta havola) yuborish orqali shaxsiy ma’lumotlarini qo‘lga kiritib, uning bank mobil ilovasiga ikkinchi foydalanuvchi sifatida ulanib olgan va 2 525 000 so‘m pullarini o‘zining foydalanuvida bo‘lgan bank plastik kartasiga o‘tkazib olgan.

"Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi "b" bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, M.B. va E.M.ning sodir etilib fosh etilmay qolgan boshqa shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligini tekshirish yuzasidan tezkor-surishtiruv ishlari olib borilmoqda", deyiladi xabarda.

Qonunga muvofiq, JKning 169-moddasi 3-qismi "b" bandidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Surxondaryo Bank kiberjinoyat mobil' ilova

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing