Dunyoning yirik banklari pandemiya yilida qancha foyda va zarar ko‘rdi? 

Olam

image

Dunyoning eng yirik banklari COVID-19 pandemiyasi bosimiga dosh bergan holda, o‘zlarining birinchi darajali kapitaliga 12,7 foiz qo‘shdi va uni 9,9 trillion dollarlik darajaga olib chiqdi. Bu haqda “The Banker” ma’lum qilgan.  

Ta’kidlanishicha, jami aktivlar 16,0 foizga o‘sib, 148,6 trln dollarni, depozit bazasi esa 17,1 foizga o‘sib, 93,9 trln dollarni tashkil etgan. 2007-2009 yillardagi global moliyaviy inqiroz bilan taqqoslaganda, bank sektori yanada barqarorlashgan. Umuman olganda, dunyodagi 1000 ta eng yirik banklar kreditlar bo‘yicha zararni qoplashni 25,8 foizga oshirgan. 

Xabarga ko‘ra, qiyin iqtisodiy sharoitlarga qaramay, banklar soliq to‘lashdan oldin foyda keltira olishgan. Biroq, aksariyat davlatlar soliqqa tortilgunga qadar foyda pasayishini qayd etgan va faqatgina 16 mamlakat umumiy daromadni oshirgan. 

Dunyodagi 1000 ta eng yirik banklarning umumiy foydasi yiliga 19,2 foizga tushib ketgan bo‘lsa-da, bu 2009 yildagi moliyaviy inqiroz oqibatlari bilan taqqoslaganda deyarli xavfli emas. 2009 yilda foyda 85,3 foizga kamaygandi. 

Qayd etilishicha, Xitoy birinchi darajali jami kapital va jami aktivlarni mos ravishda 18,6 foiz va 18,4 foizga ko‘paytirib, jahon bank sanoatining o‘sish dvigateli bo‘lib qolmoqda. Dunyoning eng yirik banklari reytingidan 144 ta banki joy egallagan Xitoyda hozirgi kunda birinchi darajali kapital (2,96 trln dollar) reytingdan 178 ta banki o‘rin olgan AQSHdan (1,58 trln dollar) qariyb ikki baravar ko‘p. 

Umuman olganda, Xitoy banklari birinchi darajali umumiy kapitalni 18,6 foizga, AQSH banklari esa 8,5 foizga ko‘paytirgan. Bundan tashqari, Xitoyda foyda yiliga 5,2 foiz o‘sishda davom etgan, AQSH (31,5 foizga) va G‘arbiy Yevropada (41,8 foizga) esa kamaygan. 

Biroq, G‘arbiy Yevropa uchun o‘tgan bir yil og‘ir kelgan. Bankning umumiy foydasi Germaniyada 43,71 foiz, Italiyada 75,72 foiz, Gollandiyada 47,67 foizga kamaygan, Fransiyada esa 11,61 foizgacha pasayish kuzatilgan. Ispaniya soliq tushumidan oldin salbiy daromadlarni umumiy darajada e’lon qilgan, uning ikkita yirik banki — Banco Santander va Bankia ushbu davrda foydadan zararga o‘tgan. 

Osiyo-Tinch okeani mintaqasi sof foyda to‘g‘risidagi ma’lumotlar asosida global foydaning yarmidan ko‘pini (55,1 foiz) tashkil etgan, bu esa 2020 yildagi reytingda 43,5 foizni tashkil etgan. Shu sababli, Osiyo-Tinch okeani mintaqasi foyda ulushini oshirgan yagona mintaqa bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Xitoy Bank Ispaniya Osiyo

Baholaganlar

28

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing