Bangladeshda qizamiqdan 459 bola o‘ldi

Olam

image

Bangladeshda qizamiq kasalligi keskin tarqalib ketdi. Joriy yilning mart oyi o‘rtalaridan buyon kasallik oqibatida 459 nafar bola vafot etgan. Bu haqda “Daijiworld Media” xabar berdi.

Kecha, 18 may kuni yana olti nafar bolaning o‘limi qayd etilgan. Ulardan birining o‘limi rasman qizamiq bilan bog‘langani tasdiqlangan, qolgan besh holat esa kasallik bilan bog‘liq bo‘lishi mumkinligi aytilmoqda.

Mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, Bangladeshda qizamiqdan o‘limning 75 ta laboratoriya tasdiqlagan holati va 384 ta gumon qilinayotgan holat qayd etilgan.

Bir sutkada qizamiq bilan kasallanishning tasdiqlangan 240 ta yangi holati aniqlanib, jami bemorlar soni 7,7 mingga yetgan. Gumon qilinayotgan yangi yuqtirish holatlari esa 1274 taga ko‘payib, umumiy son qariyb 58 mingni tashkil qilgan.

Mart oyidan beri mamlakat bo‘ylab shifoxonalarga qizamiq alomatlari bilan 42 mingdan ortiq bemor yotqizilgan. Rasmiylarga ko‘ra, ularning aksariyati davolanib chiqarilgan.

Poytaxt Dakkadagi epidemiologik vaziyat vaksina xarididagi uzilishlar uchun mas’ullarni jazolash talabi bilan o‘tayotgan namoyishlar fonida yanada murakkablashmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Bangladeshda tez tarqaladigan qizamiq kasalligi oqibatida yuzdan ortiq bola halok bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Bangladesh qizamiq

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing