Toshkentda qizamiq keng tarqaldimi?
Jamiyat
−
20:26 582 1 daqiqa
Toshkent shahrida qizamiq bilan kasallanish holatlari o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 40 foizga kamaydi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot kotibi Furqat Sanayev o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan qizamiqqa gumon qilingan 290 ta holat va bemorlar bilan muloqotda bo‘lgan 10 ming nafardan ortiq shaxs haqidagi ma’lumotlar joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida qayd etilgan jamlanma ko‘rsatkichlar bo‘lgan. Shu sababli, bu raqamlarni qisqa vaqt ichida aniqlangan yoki ayni paytdagi holat sifatida noto‘g‘ri talqin qilingan.
Boshqarma ma’lumotiga ko‘ra, hozirda Toshkent shahri va mamlakatning boshqa hududlarida qizamiq bilan bog‘liq epidemiologik vaziyat barqaror. Aholini xavotirga soladigan holat mavjud emas.
Shuningdek, joriy yilning to‘qqiz oyida Toshkent shahrida rejali emlash doirasida 47 ming 494 nafar bir yoshli va 42 ming 767 nafar olti yoshli bola qizamiq, epidemik parotit va qizilchaga qarshi KPK vaksinasi bilan emlangan.
Sanepidqo‘mita fuqarolardan ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan ma’lumotlarni noto‘g‘ri talqin qilmaslikni so‘ragan.
Live
Barchasi