Bangladesh tribunali quvg‘indagi sobiq bosh vazirni hibsga olishga order berdi
Olam
−
17 Oktabr
2041Bangladesh Xalqaro Jinoyat Tribunali bugun, 17 oktyabr kuni Hindistonda bo‘lgan sobiq bosh vazir Shayx Hasinani shu yil boshida boshlangan namoyishlar chog‘ida ommaviy qotilliklarga aloqadorlikda ayblab, hibsga olishga order berdi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.
Davlat sektoridagi ish kvotasiga qarshi talabalar boshchiligidagi harakat sifatida boshlangan norozilik namoyishlari 1971 yilda mamlakat mustaqillikka erishganidan beri eng halokatli tartibsizliklarga aylandi, oqibatdi 700 dan ortiq o‘lim va ko‘plab jarohatlar qayd etildi.
Zo‘ravonliklar oxir-oqibat Hasinani 5 avgust kuni Hindistonga qochib ketishga majbur qildi va tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindori Muhammad Yunus boshchiligidagi muvaqqat hukumat javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi.
Sudya Golam Mortuza Majumdar raisligidagi tribunal ishida prokurorlar 50 nafar shaxs, jumladan, Hasinani hibsga olish uchun order berishni so‘radi.
“Biz sudga murojaat qildik, agar o‘ta nufuzli ayblanuvchilar hibsga olinmasa, tergovni olib borishning imkoni yo‘q. Texnik tergov o‘tkazish maqsadida hibsga olish uchun order so‘rab murojaat qildik. Sud iltimosimizni qanoatlantirdi va sobiq bosh vazir Shayx Hasinani hibsga olishga qaror qildi. Bundan tashqari, u hibsga olinib, 18 noyabrgacha ushbu sudga olib kelinishi haqida buyruq berdi”, dedi jurnalistlarga bosh prokuror Muhammad Tojul Islom.
Hozirgacha Hasina va uning Avami Ligasi partiyasining boshqa yetakchilariga qarshi 60 dan ortiq shikoyat yuborilgan. Hozircha izoh berish uchun Avami Ligasining partiya yetakchilari mavjud emas, chunki ko‘plab yuqori martabali a’zolar hibsga olingan yoki yashiringan.
Hasinaning o‘g‘li Sajib Vazed avgust oyida “Reuters” agentligiga onasi Bangladeshda sudga tortilishiga tayyorligini aytdi va "Onam hech qanday yomon ish qilmagan", deb qo‘shimcha qildi.
Bangladeshning amaldagi Tashqi ishlar vaziri Muhammad Touhid Husayn 17 oktyabr kuni sud tomonidan belgilangan bir oylik muddat ichida Hasinani Hindistondan qaytarish uchun barcha sa’y-harakatlarni amalga oshirishini aytdi.
"Tribunal bir oy vaqt berdi. Biz, albatta, bu orada uni qaytarishga harakat qilamiz, biz uchun nima kerak bo‘lsa, qilamiz", dedi u jurnalistlarga.
LiveBarchasi