Bangladesh sobiq bosh vaziriga 50 dan ortiq ayblov qo‘yildi
Olam
−
23 avgust
2224Bangladesh sobiq bosh vaziri Shayx Hasinaga turli dahshatli jinoyatlar uchun qo‘yilgan ayblovlar soni 51 taga yetdi. Bu haqda “The Daily Star” xabar berdi.
Qayd etilishicha, politsiya va sud iyul-avgust oylarida mamlakat bo‘ylab bo‘lib o‘tgan aksilhukumat namoyishlarida 500 dan ortiq odamning o‘limi haqida ma’lumotlarni aniqlashda va unga sabab bo‘lgan holatlarni o‘rganishda davom etmoqda. Tasdiqlangan ma’lumotlarga ko‘ra, hozirda sobiq hukumat rahbariga namoyish ishtirokchilarini o‘ldirishda 42 ta, insoniyatga qarshi jinoyatlar va genotsid, shuningdek, odam o‘g‘irlash bo‘yicha 7 ta ayblov qo‘yilgan.
Sobiq bosh vazirdan tashqari yana 86 kishi, jumladan, Avomi ligasi bosh kotibi Obaydul Qodir, sobiq tashqi ishlar vaziri Hasan Mahmud, sobiq ichki ishlar vaziri Asaduzzamon Xon va Adliya vazirligi rahbari Anisur Rahmonga ham xuddi shunday ayblovlar qo‘yilgan.
Ayblanuvchilar orasida sobiq bosh vazirning singlisi Shayx Rehana, o‘g‘li Sajib Vazed Joy va qizi Sayma Vazed ham bor. Shayx Hasina singari ular ham 2018 yilda kasaba uyushmasi yetakchisini o‘g‘irlash va o‘ldirishga aloqadorlikda ayblanmoqda. Barcha ayblovlar Xalqaro jinoiy tribunal sudiga topshirilishi rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq, sobiq hukumat rahbari Shayx Hasina mamlakatdan qochib ketganidan so‘ng mamlakat parlamenti tarqatib yuborilgani xabar qilingan edi.
LiveBarchasi