Bangladesh armiyasi muvaqqat hukumat tuzilganini e’lon qildi

Olam

image

Bangladesh armiyasi boshlig‘i general Vaqer uz-Zamon mamlakatda muvaqqat hukumat tuzilishini ma’lum qildi. Bu haqda mahalliy matbuotda xabarlar tarqatildi.

Bu bayonot Bosh vazir Shayx Hasina norozilik namoyishlari ostida rasmiy qarorgohini tark etganidan keyin yangradi.

“Barcha siyosiy partiyalar vakillari bilan samarali muzokaralardan so‘ng, biz muvaqqat hukumat tuzishga qaror qildik. Endi vaziyatni hal qilish uchun Bangladesh Prezidenti Muhammad Shahobiddin bilan uchrashuv o‘tkazamiz”, dedi armiya boshlig‘i matbuot anjumanida.

Vaqer uz-Zamonning qayd etishicha, agar namoyishlar va zo‘ravonliklar to‘xtasa, mamlakatda harbiy holat joriy etishga hojat qolmaydi. U tartibsizliklar ishtirokchilarining o‘limi yuzasidan tergov olib borishga va’da berdi.

Shuningdek, general norozilik markazlaridan biriga aylangan Dakka universitetining professori Osif Nazrulni talabalarga murojaat qilib, namoyishlarni to‘xtatishga chaqirdi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Bosh vazir Hasina  tartibsizliklar vaqtida iste’foga chiqib, singlisi bilan  mamlakatni tark etgani xabar qilingandi.

Zebo Turobjonova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Bangladesh Shayx Hasina

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing