Baku Yerevandan qasos olmoqchiligini ochiqladi

Olam 9567
image

Ozarbayjon va Armaniston o‘rtasida qurolli to‘qnashuvlar boshlanganiga bir haftadan oshdi. Bugun, 5 oktyabr kuni ertalab Ozarbayjon havo hujumiga qarshi mudofaa kuchlari radiolokatsion tizimlarining texnik vositalari Armanistonning Jermuk, Gafan va Berd viloyatlaridagi dastlabki pozitsiyalardan Ozarbayjonga qarata raketa uchirilishini qayd etgan. Bu haqda Ozarbayjon Respublikasi Mudofaa vazirligi xabar bermoqda. 

“Bir necha kun davomida butun front bo‘ylab joylashib olgan dushman aholi zich joylashgan Ozarbayjon hududlariga va fuqarolik infratuzilmasiga qarshi Armaniston hududidan muntazam ravishda raketa zarbalarini berib kelmoqda”, deyiladi rasmiy xabarda. 

Qayd etilishicha, Armaniston Mudofaa vazirligi Armaniston tomonidan Ozarbayjon hududini o‘qqa tutish faktini rad etmoqda. 

Ozarbayjon Mudofaa vazirligi Armaniston raketa o‘chirishiga qarshi qasos olishini rasman e’lon qilgan.

Ma’lumot uchun, rasmiy Bakuga ko‘ra, Armaniston Qurolli Kuchlari joriy yilning 27 sentyabr kuni soat 06:00 dan boshlab Ozarbayjonga qarshi keng ko‘lamli provokatsiyalarni amalga oshirdi, butun front bo‘ylab Ozarbayjon armiyasining pozitsiyalarini, shuningdek, oldingi chiziq zonasida joylashgan aholi punktlarini o‘qqa tutdi. Unda mingga yaqin harbiylar va tinch aholi vakillari halok bo‘lgan.

Armaniston hujum Ozarbayjon qurolli kuchlari tomonidan boshlanganini aytmoqda. Ozarbayjon esa qurolli to‘qnashuvga nisbatan javob hujumlari boshlaganini rasman e’lon qilib, Armaniston chegarasidagi tinch aholi vakillarini chegara hududlaridan chetga chiqishlarini so‘radi.

Holat bo‘yicha Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev xalqqa murojaat bilan chiqib, to‘qnashuv Ozarbayjonning provokatsiyasi emasligini aytdi.

Nikol Pashinyan esa mamlakatda harbiy holat va umumiy safarbarlik e’lon qildi.  Buning ortidan Ilhom Aliyev mamlakatda harbiy holat va komendantlik soati e’lon qilish haqidagi farmonga imzo chekdi. Shuningdek, Aliyev 28 sentyabr kuni qisman safarbarlik e’lon qilish haqidagi hujjatni imzoladi

Qalampir.uz Tahririyati
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 207
Reyting: 3
t
×