Baxtiyor Ibrohimov O‘zbekistonning Avstriyadagi elchisi bo‘ldi

Jamiyat

−

image

Baxtiyor Ibrohimov O‘zbekistonning Avstriyadagi favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlandi. Bu haqda "Dunyo" AA xabar berdi.

57 yoshli Baxtiyor Ibrohimov mazkur tayinlovga qadar Nyu-Yorkda O‘zbekistonning BMTdagi doimiy vakili lavozimida ishlagan. 2020 yilning noyabr oyida Prezident farmoni bilan Baxtiyor Ibrohimovga oliy diplomatik unvon – favqulodda va muxtor elchi maqomi berilgan edi. 

Baxtiyor Ibrohimov bu lavozimda 2020-2023 yillarda Vena shahrida elchi bo‘lib ishlagan Abat Fayzullayev o‘rnini egalladi.

Ma’lumot o‘rnida, avvalroq Ulug‘bek Lapasov uning o‘rniga O‘zbekiston Respublikasining BMTdagi doimiy vakili etib tayinlangandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing