“Baxti Tashkentskiy”ning akasi va yana ikki kishi qidiruvga berildi (video)
3-sahifa
−
10 fevral
26868Bugun, 10 fevral kuni bir qator jinoyatlar bilan ayblangan "Baxti Tashkentskiy"(Baxtiyor Qudratullayev)ning akasi Shuxrat Qudratullayev va yana ikki nafar shaxsga nisbatan qidiruv e’lon qilindi. Bu haqdaToshkent shahar IIBB ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, Jinoyat kodeksining 165-moddasi (Tovlamachilik) bilan ayblanayotgan 1964 yilda tug‘ilgan Isomiddinov Husan Hoshimovich, 1966 yilda tug‘ilgan Qudratullayev Shuxrat Zaparovich va 1988 yilda tug‘ilgan Vafoyev Feruz Muhammadsalayevich jinoyat ishi doirasida tergovdan qochib yashiringan.
Shuningdek, IIBB fuqarolarga murojaat qilib, agar kimdir ushbu shaxslarning qayerda ekanligi haqida biror ma’lumotga ega bo‘lsa, Toshkent shahar IIBBning +998712064569, +998712064946 yoki 102 raqamlariga yoxud +998993707394 Telegram-raqamiga murojaat qilishini va murojaatchining shaxsi sir saqlanishini bildirgan.
Eslatib o‘tamiz, 2023 yilning 2 dekabr kuni “Baxti Tashkentskiy” laqabi bilan tanilgan Baxtiyor Qudratullayev qo‘lga olingan edi. Oradan 22 kun o‘tib, 24 dekabr kuni uning o‘g‘li Ixtiyor Qudratullayev ham ushlandi.