“Baxti Tashkentskiy” va yana bir qancha “ko‘cha bolalari” qo‘lga olindi

3-sahifa

Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston maxsus xizmatlari qo‘shiqchi Jah Khalib konsertidagi tartibsizliklardan so‘ng jinoyat olami vakillarini yo‘q qilishga kirishgani haqida xabarlar tarqalgandi. Aniqlanishicha, "ko‘cha bolalari"ning qo‘lga olinishi “Humo arena”dagi holat bilan bog‘liq emas. Bu haqda QALAMPIR.UZ'ning IIBdagi manbasi ma’lum qildi.

Manbaga ko‘ra, Toshkent shahrida kriminogen vaziyatni barqarorlash maqsadida tadbir olib borilmoqda. Bu ishlar kecha yoki bugun boshlanmagan. Bir necha oydan buyon, kuzatuvlar davom etmoqda. 

Shuningdek, tarmoqlarda qo‘lga olish jarayonlarida milliy gvardiya xodimlari pichoqlangani haqida ham gaplar tarqalgandi. Ammo bu xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligi aniqlandi.

Ma’lum qilinishicha, hozirgi kunda "Baxti Tashkentskiy" laqabli Baxtiyor Qudratillayev, “Saidaziz medgorodok”, “Buzruk”,  “Zavxoz”, “Ziki eski shahar” kabi o‘zini "ko‘cha bolalari" sifatida namoyon qilishga uringan yigitlar va sodir etilgan jinoyatlarda gumon qilinganlar qo‘lga olingan.  

“Ichki ishlar organlari tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. Tez orada ularning nega qo‘lga olingani haqida rasmiy axborot ham beriladi”, deydi QALAMPIR.UZ manbasi.


Maqola muallifi

Teglar

Baxti Tashkentskiy Saidaziz medgorodok Ziki eski shahar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing